“Sharoit Plyus” tashkiloti nogironligi bo‘lgan yoshlar uchun fotografiya, SMM, videomontaj kabi kreativ industriya yo‘nalishlarida o‘quv kurslari ochdi, chunki “nodavlat ta’lim muassasalarida sharoit yo‘q va o‘qish qimmat”. Har bir kursda 10 kishidan o‘qidi. Ularning ayrimlari allaqachon o‘z ishini ham topib bo‘lgan.
Taniqli fotograf Husniddin Ato shogirdlari bilan tez-tez safarga chiqadi. Ustoz 2023-yil yozida Madina A’zam, Murod Yusuf, Farangiz Kamolova, Kamron Hasanov bilan birga Sultonhovuz ko‘li va uning yaqinidan oqib o‘tuvchi Sirdaryoga sayohat qilgandi. Quyida — sayohat davomida olingan suratlardan namunalar.
“Gazeta.uz” o‘zbek tahririyati e’lon qilinayotgan maqolalar orasidan har oy eng yaxshisini tanlab, uning mualliflari bilan alohida videosuhbat uyushtirishga qaror qildi. Iyul yakuniga ko‘ra, jurnalist Xolida Musulmonning “Qishloqdagi abituriyent do‘stimga” fotohikoyasi oy materiali deb topildi.
Qoraqalpog‘istonlik musiqachilar Germaniya, Belgiya va Niderlandiya davlatlarida 11−28-aprel kunlari “Orol dengizi shamollari” nomli ijodiy safarda bo‘ldi. Ular qoraqalpoq dostonlari hamda xalq qo‘shiqlaridan iborat 10 dan ortiq konsert hamda mahorat darslarini qoraqalpoq tilida namoyish etdi.
Toshkent Fotosuratlar uyida eshitishda nuqsoni bo‘lgan yoshlar uchun mo‘ljallangan maxsus fotografiya kursi bitiruvchilarining ko‘rgazmasi ochildi. Yosh ijodkorlar fotorassom Husniddin Atodan 1,5 yil mobaynida saboq olgan. Ko‘rgazma 31 martgacha davom etadi.
«O‘z milliy madaniyating, mumtoz merosing himoyasi va rivoji uchun hukumatga qanchalik taklif kiritmagin, barchasi bekor ketmoqda», — badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi Husniddin Ato konsert faoliyatini litsenziyalash tartibi mumtoz musiqa rivojlanishiga to‘sqinlik qilishi, ushbu sohadagi xonanda va sozandalarga qiyinchilik tug‘dirishi haqida.
Prezident farmoni loyihasiga ko‘ra, konsert faoliyatini litsenziyalash tugatilib, o‘rniga faoliyat haqidagi xabarnoma taqdim etish yo‘lga qo‘yiladi. O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi Husniddin Ato konsert faoliyatini litsenziyalash amaliyoti mumtoz musiqa rivojlanishiga qanday to‘sqinlik qilayotgan hamda nima uchun ushbu sohada konsert dasturlari deyarli tashkil etilmasligi haqidagi fikrlarini «Gazeta.uz» bilan bo‘lishdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting